O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekistonda 1,23 milliondan ortiq kichik biznes subyekti faoliyat yuritmoqda

UzDaily tahririyati · 06.08.2026 · 19:35 · 31 views
O‘zbekistonda 1,23 milliondan ortiq kichik biznes subyekti faoliyat yuritmoqda
O‘zbekistonda 1,23 milliondan ortiq kichik biznes subyekti faoliyat yuritmoqda / Foto: Surat sun'iy intellekti tomonidan yaratilgan.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1 236 126 ta kichik tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi maʼlum qildi.

Kichik biznes subyektlarining eng ko‘p qismi Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, ularning soni 161 194 tani tashkil etgan. Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati — 118 652 ta, Farg‘ona viloyati — 115 860 ta, Andijon viloyati — 113 781 ta va Toshkent viloyati — 104 694 ta subyekt bilan joylashgan.

Qashqadaryo viloyatida 97 923 ta, Xorazm viloyatida 95 990 ta, Namangan viloyatida esa 82 779 ta faol kichik tadbirkorlik subyekti mavjud.

Buxoro viloyatida 73 736 ta, Surxondaryo viloyatida 73 642 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 61 229 ta, Jizzax viloyatida 55 111 ta, Navoiy viloyatida 42 536 ta va Sirdaryo viloyatida 38 999 ta kichik biznes subyekti ro‘yxatga olingan.

SE