O‘zbekistonda iyul oyida 34,3 ming eskrou bitimi rasmiylashtirildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Markaziy bankining maʼlum qilishicha, 2026 yil iyul oyida mamlakatda eskrou hisobvaraqlari orqali ko‘chmas mulk va transport vositalarini oldi-sotdisi bo‘yicha 34 341 ta bitim rasmiylashtirilgan.
Jami bitimlarning 18 306 tasi yoki 53,3 foizi transport vositalariga, 16 035 tasi yoki 46,7 foizi esa ko‘chmas mulk obyektlariga to‘g‘ri kelgan. Yana 1 096 ta bitim ko‘rib chiqish bosqichida turibdi.
Iyul oyida eng yuqori faollik Toshkent shahrida qayd etilgan. Poytaxtda 9 674 ta bitim tuzilgan bo‘lib, bu mamlakat bo‘yicha umumiy bitimlarning 28,1 foizini tashkil etgan.
Hududlar kesimida bitimlar soni bo‘yicha Farg‘ona viloyati ham yetakchilar qatoridan o‘rin olgan. Viloyatda 3 401 ta bitim rasmiylashtirilgan. Keyingi o‘rinlarda 2 810 ta bitim bilan Samarqand viloyati va 2 567 ta bitim bilan Andijon viloyati joylashgan.