O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Migratsiya agentligi xodimlari 1 mlrd so‘mlik talon-torojlikda gumonlanmoqda

UzDaily tahririyati · 06.08.2026 · 19:40 · 26 views
Migratsiya agentligi xodimlari 1 mlrd so‘mlik talon-torojlikda gumonlanmoqda
Migratsiya agentligi xodimlari 1 mlrd so‘mlik talon-torojlikda gumonlanmoqda / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining mansabdor shaxslari qariyb 1 mlrd so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilishda gumonlanmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.

Idora maʼlumotlariga ko‘ra, Toshkent shahridagi ikki nafar xodimga amalda mehnat vazifalarini bajarmagan davri uchun 931,6 mln so‘m ish haqi hisoblangan.

Shuningdek, xabarda qayd etilishicha, avval intizomiy jazo qo‘llanilgan sakkiz nafar xodimga yana 88,5 mln so‘m miqdorida to‘lov amalga oshirilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi, yaʼni o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi modda bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.