O‘zbekiston Osiyo chempionatida 10 ta medal qo‘lga kiritdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston og‘ir atletikachilari Toshkentda o‘tkazilayotgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining bugungi bahslarida 10 ta medal qo‘lga kiritdi. Terma jamoa hisobida uchta oltin, oltita kumush va bitta bronza medali bor.
Yoshlar o‘rtasida 57 kggacha bo‘lgan vazn toifasida Marjona Abdumutalova dast ko‘tarish bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shu vazn toifasida o‘smirlar o‘rtasida Zarinaya Abdullahakova dast ko‘tarish bo‘yicha kumush medalga sazovor bo‘ldi.
61 kggacha bo‘lgan vazn toifasida yoshlar o‘rtasida Ziyoda Xudoyqulova dast ko‘tarish bo‘yicha g‘olib bo‘ldi, shuningdek, dast ko‘tarish va ikkikurash bo‘yicha kumush medallarga ega chiqdi.
61 kggacha bo‘lgan vazn toifasida o‘smirlar o‘rtasida Munisa Boltayeva dast ko‘tarish bo‘yicha oltin, ikkikurashda kumush va siltab ko‘tarishda bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Yana ikki kumush medal Marjona Abdumutalovaga siltab ko‘tarish va ikkikurash bahslarida nasib etdi.