O‘zbekiston

Ilhom Aliyev Buxoroga davlat tashrifi bilan keldi

Ilhom Aliyev Buxoroga davlat tashrifi bilan keldi
Ilhom Aliyev Buxoroga davlat tashrifi bilan keldi / Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Mamlakatimizda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi bilan birga Buxoro shahriga keldi.

Buxoro xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kutib oldi.

Tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi, milliy qo‘shiq va raqslar ijro etildi.

Bugun yetakchilar qadimiy Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qiladilar. Sanoat korxonalarining faoliyati bilan ham tanishish rejalashtirilgan.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.