O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Tanzila Narbaeva Qozog'iston elchisi bilan hamkorlikni muhokama qildi

Dilafro'z Niyazova · 21.08.2026 · 09:00 · 45 views
Tanzila Narbaeva Qozog'iston elchisi bilan hamkorlikni muhokama qildi
Tanzila Narbaeva Qozog'iston elchisi bilan hamkorlikni muhokama qildi / Foto: Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Qozogʻiston Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yerali Tugʻjanov bilan uchrashdi.

Muloqot davomida ikki tomonlama koʻp qirrali sheriklikka doir, shu jumladan parlamntlararo hamkorlik, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash kabi keng doiradagi masalalar koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi yaqin qoʻshnichilik, qardoshlik aloqlari ikki davlat rahbarlarining doʻstona munosabatlari tufayli kengayib borayotganligi alohida eʼtirof etildi.

Xususan, Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlik izchil rivojlanayotgani qayd etildi. Qonun ijodkorligi, parlament nazorati, hududiy Kengashlar bilan ishlash, Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish, gender tenglikni taʼminlash kabi yoʻnalishlarda tajriba almashishni davom ettirish lozimligiga eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, Qozogʻistonda amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohot va yangi parlament modeli yuzasidan fikr almashildi. 2026-yil 1-iyuldan kuchga kirgan yangi Konstitutsiyaga muvofiq Qozogʻiston parlamenti bir palatali Qurultoy shaklida faoliyat yuritishi, uning ilk saylovi esa 23-avgust kuni oʻtkazilishi qayd etildi.