O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Texnologiyalar

IT Park xizmatlari eksporti yarim yilda $392,5 mlnga yetdi

Dilafro'z Niyazova · 21.08.2026 · 08:30 · 43 views
IT Park xizmatlari eksporti yarim yilda $392,5 mlnga yetdi
IT Park xizmatlari eksporti yarim yilda $392,5 mlnga yetdi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda IT Park ishtirokchilari tomonidan xizmatlar eksporti 2026 yil yanvar–iyun oylarida 392,5 mln dollarga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 90,3 mln dollarga oshgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

2026 yilning dastlabki olti oyida IT Park ishtirokchilari 18,2 trln so‘mlik bozor xizmatlarini ko‘rsatgan. 2025 yil yanvar–iyun oylariga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 4,1 trln so‘mga ko‘paygan.

Shu bilan birga, IT Park ishtirokchilarining asosiy kapitalga yo‘naltirgan investitsiyalari hajmi ham oshgan. Barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 647,5 mlrd so‘m o‘zlashtirilgan bo‘lib, bu 2025 yilning mos davriga nisbatan 352 mlrd so‘mga ko‘p.

Shunday qilib, hisobot davrida IT Park ishtirokchilari xizmatlari eksporti, ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi va asosiy kapitalga investitsiyalar bir vaqtning o‘zida oshgan.