O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Iqtisod

Oʻzbekiston va ADVANCED farmatsevtika ishlab chiqarishni rivojlantirish boʻyicha kelishib oldilar

Dilafro'z Niyazova · 21.08.2026 · 09:30 · 35 views
Oʻzbekiston va ADVANCED farmatsevtika ishlab chiqarishni rivojlantirish boʻyicha kelishib oldilar
Oʻzbekiston va ADVANCED farmatsevtika ishlab chiqarishni rivojlantirish boʻyicha kelishib oldilar / Foto: Tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov asoschisi hindistonlik tadbirkor Radjesh Sharma bo‘lgan Rossiyaning ADVANCED kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida O‘zbekistonda farmatsevtika ishlab chiqarishini rivojlantirish, dori vositalarini mahalliylashtirish, ilg‘or texnologiyalarni transfer qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish hamda R&D yo‘nalishini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, farmatsevtika mahsulotlari turini kengaytirish, ishlab chiqarish jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xalqaro sifat standartlariga muvofiq mahsulotlar ishlab chiqarish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Kompaniya vakillariga O‘zbekistonda farmatsevtika ishlab chiqarishini joylashtirish uchun mavjud imkoniyatlar, hududni rivojlantirish rejalari hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar taqdim etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekistonda farmatsevtika ishlab chiqarishini rivojlantirish, mahsulotlarni mahalliylashtirish, texnologiyalar transferi va zamonaviy farmatsevtika yechimlarini joriy etishga qaratilgan hamkorlik memorandumini imzoladilar.