O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

O‘zbekistonda Mustaqillik kuni munosabati bilan 4 kun dam olinadi

Dilafro'z Niyazova · 14.08.2026 · 11:30 · 35 views
O‘zbekistonda Mustaqillik kuni munosabati bilan 4 kun dam olinadi
O‘zbekistonda Mustaqillik kuni munosabati bilan 4 kun dam olinadi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan besh kunlik ish haftasida ketma-ket to‘rt kun dam olish kuni bo‘ladi — 29 avgustdan 1 sentyabrgacha.

31 avgust ish haftasining belgilangan tartibidan qatʼi nazar, barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni deb belgilandi.

Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining 2026 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi farmonida aytilgan.

Shunday qilib, besh kunlik ish haftasida shanba, 29 avgust, yakshanba, 30 avgust, dushanba, 31 avgust va seshanba, 1 sentyabr dam olish kunlari bo‘ladi.

Olti kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun esa 30 avgustdan 1 sentyabrgacha ketma-ket uch kun dam olish kuni bo‘ladi.

2 sentyabr, chorshanba kuni barcha xodimlar uchun odatdagidek ish kuni hisoblanadi.