O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Namanganda Koreya texnologiyasidan foydalangan holda baliq yetishtirish markazi tashkil etiladi

Dilafro'z Niyazova · 14.08.2026 · 11:45 · 33 views
Namanganda Koreya texnologiyasidan foydalangan holda baliq yetishtirish markazi tashkil etiladi
Namanganda Koreya texnologiyasidan foydalangan holda baliq yetishtirish markazi tashkil etiladi / Foto: O'zbekiston Qishloq xo'jaligi vazirligi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Namangan viloyatida Janubiy Koreyaning U&K GLOBAL kompaniyasi ishtirokida zamonaviy baliq yetishtirish markazini qurish rejalashtirilgan. Loyiha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ozuqa ishlab chiqarish, baliq yetishtirish va mahsulotlarni qayta ishlashni yagona ishlab chiqarish sikliga integratsiyalashni o'z ichiga oladi.

Loyihani amalga oshirish istiqbollari U&K GLOBAL prezidenti Lim Sang-xva bilan uchrashuvda muhokama qilindi.

Loyiha doirasida baliqchilikda yopiq ishlab chiqarish zanjiri — yem ishlab chiqarish, zamonaviy texnologiyalar asosida baliq yetishtirish va mahsulotni qayta ishlash jarayonlarini yagona tizimga birlashtirish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, baliq yetishtirishda RAS (Recirculating Aquaculture System) texnologiyasini joriy etish ko‘zda tutilgan. Bu suvni qayta aylantirib foydalanish orqali resurslarni tejash, suv sifatini nazorat qilish va barqaror ishlab chiqarish sharoitini ta’minlash imkonini beradi.

Tizimda suv harorati, kislorod miqdori, pH va boshqa ko‘rsatkichlar avtomatik monitoring qilinadi, bu esa ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi.

Natijada “yem ishlab chiqarish → baliq yetishtirish → qayta ishlash” tamoyili asosida to‘liq qo‘shilgan qiymat zanjiri shakllantiriladi.

Mazkur loyiha Namangan viloyatida baliqchilikni yangi bosqichga olib chiqish, suv resurslaridan samarali foydalanish va ishlab chiqarish hajmini oshirishga xizmat qiladi.