Moliya

O‘zbekistonda «Universal bank» valyuta obligatsiyalarini chiqaradi

O‘zbekistonda «Universal bank» valyuta obligatsiyalarini chiqaradi
O‘zbekistonda «Universal bank» valyuta obligatsiyalarini chiqaradi / Foto: Universal Bank.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — «Universal bank» ATB va «Birinchi Banklararo Depozitariy» MCHJ kapital bozori sohasidagi «Tartibga soluvchi qumdoni» maxsus huquqiy rejimi ishtirokchilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda rejim ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi tegishli maʼlumotlarda xabar berilgan.

Maxsus huquqiy rejim doirasida «Universal bank» ATB xorijiy valyutada nominallashtirilgan obligatsiyalarni chiqarishni rejalashtirmoqda.

«Birinchi Banklararo Depozitariy» MCHJ mazkur obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish jarayonida investitsiya vositachisi sifatida ishtirok etadi.

«Tartibga soluvchi qumdoni»da ro‘yxatdan o‘tish ishtirokchilarga kapital bozori sohasidagi maxsus huquqiy rejim doirasida mazkur operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi.

 

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.