O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekistonda to‘qimachilik ishlab chiqarishi 10,1 foizga oshdi

Dilafro'z Niyazova · 14.08.2026 · 12:00 · 28 views
O‘zbekistonda to‘qimachilik ishlab chiqarishi 10,1 foizga oshdi
O‘zbekistonda to‘qimachilik ishlab chiqarishi 10,1 foizga oshdi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonning yirik korxonalari tomonidan 54,4 trln so‘mlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarildi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmi 10,1 foizga oshdi, to‘qimachilik mahsulotlari eksporti esa 24,1 foizga ko‘payib, 1,6 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi maʼlum qildi.

To‘qimachilik mahsulotlari eksportining asosiy qismini tayyor to‘qimachilik buyumlari tashkil etdi. Ularning ulushi umumiy eksport hajmining 53 foiziga teng bo‘ldi.

Eksport tarkibida ip-kalaning ulushi 31 foizni, trikotaj matosining ulushi 9 foizni, gazlamalarning ulushi esa 5 foizni tashkil qildi.

Shuningdek, paypoq-trikotaj mahsulotlari va gilamlar hissasiga 1 foizdan to‘g‘ri keldi.

Shunday qilib, 2026 yilning birinchi olti oyida O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari eksportining 84 foizi tayyor to‘qimachilik buyumlari va ip-kala hissasiga to‘g‘ri keldi.