O‘zbekiston U-23 Osiyo chempionatini ikki kumush bilan boshladi
O‘zbekiston U-23 Osiyo chempionatini ikki kumush bilan boshladi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoyning Ordos shahrida o‘tayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatining birinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi ikki kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Milliy terma jamoaga ilk medalni bolg‘a uloqtirish bahslarida ikkinchi o‘rinni egallagan Ayyubxon Fayozov taqdim etdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, sportchi 71,16 metr natija qayd etdi.
O‘zbekiston terma jamoasi uchun ikkinchi kumush medalni Ibrohim Mahkamov qo‘lga kiritdi. Uch hatlab sakrash bahslarida u 16,34 metr natija ko‘rsatib, shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi.
23 yoshgacha bo‘lgan yengil atletikachilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati Xitoyning Ordos shahrida davom etmoqda. Musobaqaning dastlabki kunining o‘zidayoq O‘zbekiston vakillari milliy terma jamoa medallar jamg‘armasini ikki kumush medal bilan boyitdi.