O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Moliya

TBC Bank yarim yil yakunlariga ko‘ra sof foydasini 185,1 foizga oshirdi

UzDaily tahririyati · 21.07.2026 · 23:20 · 45 views
TBC Bank yarim yil yakunlariga ko‘ra sof foydasini 185,1 foizga oshirdi

TBC Bank yarim yil yakunlariga ko‘ra sof foydasini 185,1 foizga oshirdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — TBC Bank‘ning 2026 yil birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra sof foydasi 288,1 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 185,1 foizga oshdi. Bankning umumiy daromadlari esa 19,4 foizga ko‘payib, 3 trln so‘mga yetdi.

Shu bilan birga, bankning so‘nggi 12 oydagi foydasi 34,8 foizga qisqarib, 187,6 mlrd so‘mni tashkil qildi. Pasayish 2025 yil oxirida qayd etilgan past moliyaviy natija bilan izohlanadi. O‘sha davrda bank 341,1 mlrd so‘m o‘rniga atigi 628,1 mln so‘m foyda olgan edi.

Yanvar–iyun oylarida ehtimoliy kredit yo‘qotishlari uchun rezervlarni shakllantirish xarajatlari 40,1 foizga oshib, 643,9 mlrd so‘mni tashkil qildi. Taqqoslash uchun, 2025 yil yakunlari bo‘yicha ushbu ko‘rsatkich qariyb 1,3 trln so‘mga yetgan.

2026 yil 1 iyun holatiga ko‘ra, TBC Bank kredit portfeli 8,5 trln so‘mni tashkil etib, yillik hisobda 16,5 foizga qisqargan.

Shu bilan bir vaqtda, muammoli kreditlar (NPL) ulushi oshgan. Agar bir yil avval bu ko‘rsatkich 3,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2026 yil iyun oyi boshiga kelib 10,4 foizga yetgan.

Hisobot sanasiga bank aktivlari 13,8 trln so‘mni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 foizga kam. Bankning o‘z kapitali esa 16,4 foizga o‘sib, 3 trln so‘mga yetdi.