O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Madaniyat

«Moviy gumbaz»dagi ruxsatsiz taʼmir ishlari to‘xtatildi

UzDaily tahririyati · 21.07.2026 · 23:10 · 45 views
«Moviy gumbaz»dagi ruxsatsiz taʼmir ishlari to‘xtatildi

«Moviy gumbaz»dagi ruxsatsiz taʼmir ishlari to‘xtatildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Madaniy meros agentligi madaniy meros obyekti hisoblangan «Moviy gumbaz» kafesi tomida ruxsatsiz olib borilayotgan taʼmirlash ishlarini to‘xtatdi. Tekshiruvga ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar asos bo‘ldi.

Idora maʼlum qilishicha, agentlik xodimlari 20 iyul kuni soat taxminan 22:00 da tekshiruv o‘tkazish uchun voqea joyiga chiqqan. Ko‘zdan kechirish davomida obyekt tomida vakolatli davlat organlari bilan kelishilmagan holda taʼmirlash ishlari olib borilayotgani aniqlangan.

Agentlik vakillari ishlar to‘xtatilishini taʼminlab, obyekt rahbariyati bilan tushuntirish ishlarini olib borgan.

Kafe egalariga madaniy meros obyektlarida har qanday taʼmirlash, restavratsiya va boshqa qurilish ishlari faqat vakolatli organlarning tegishli ruxsatnomasi olinganidan keyin amalga oshirilishi mumkinligi eslatildi. Shuningdek, ularga madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Agentlik qayd etishicha, «Moviy gumbaz» kafesi O‘zbekiston Respublikasining madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlari Milliy reyestriga kiritilgan bo‘lib, modernizm meʼmorchiligining namunasi sifatida davlat muhofazasiga olingan.