O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Polsha firibgarlikda ayblangan shaxsni O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi

UzDaily tahririyati · 21.07.2026 · 23:15 · 46 views
Polsha firibgarlikda ayblangan shaxsni O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi

Polsha firibgarlikda ayblangan shaxsni O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Polsha yirik miqdordagi firibgarlikda ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan fuqaroni O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi. Bu haqda O‘zbekistondagi Interpol Milliy markaziy byurosi matbuot xizmati xabar berdi.

Qidiruvda bo‘lgan shaxsni O‘zbekiston Interpol Milliy markaziy byurosi vakillariga topshirish marosimi Varshava aeroportida bo‘lib o‘tdi.

Idora maʼlum qilishicha, Interpol kanallari orqali qidiruvdagi shaxsning davlatlar o‘rtasidagi harakatlanish yo‘nalishlari aniqlangan. Shundan so‘ng u Polsha hududida qo‘lga olingan.

Barcha zarur tartib-taomillar yakunlanganidan keyin ushbu shaxs unga qo‘yilgan ayblov bo‘yicha javobgarlikka tortish uchun O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlariga topshirildi.