O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Migratsiya agentligi delegatsiyasi Minsk avtomobil zavodiga tashrif buyurdi

UzDaily tahririyati · 20.07.2026 · 17:25 · 74 views
Migratsiya agentligi delegatsiyasi Minsk avtomobil zavodiga tashrif buyurdi

Migratsiya agentligi delegatsiyasi Minsk avtomobil zavodiga tashrif buyurdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Belorusda xizmat safarida bo‘lib turgan Migratsiya agentligi rahbari o‘rinbosari Elyor Toshtemirov O‘zbekistonning Belarusdagi Elchixonasi vakillari bilan birgalikda Minsk avtomobil zavodida (MAZ) bo‘ldi.

Uchrashuvda O‘zbekiston fuqarolarini MAZga ishga qabul qilish tartibi, nomzodlar bilan suhbat jarayonlari, ish joyida o‘qitish va yangi muhitga moslashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yashash va ishlash sharoitlari bilan tanishish maqsadida ishlab chiqarish sexlari, oshxona, yotoqxona va boshqa ijtimoiy obyektlar ko‘zdan kechirildi.

Bugungi kunda mazkur korxonada 120 dan ortiq hamyurtimiz o‘rtacha 800 - 1000 AQSH dollari miqdorida maosh olgan holda ish faoliyatini olib bormoqda. Ular bilan ham uchrashuv o‘tkazilib mehnat va migratsiya qonunchiligiga rioya etish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.