O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Rossiya va Armaniston rasmiylari O‘zbekiston milliy ekspozitsiyasi bilan tanishdi

UzDaily tahririyati · 08.07.2026 · 14:30 · 33 views
Rossiya va Armaniston rasmiylari O‘zbekiston milliy ekspozitsiyasi bilan tanishdi

Rossiya va Armaniston rasmiylari O‘zbekiston milliy ekspozitsiyasi bilan tanishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida o‘tayotgan “INNOPROM–2026” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida tashkil etilgan “Made in Uzbekistan” milliy stendi yuqori martabali mehmonlar eʼtiborida bo‘ldi.

Ko‘rgazma davomida Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin, Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov hamda Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan O‘zbekiston milliy ekspozitsiyasi bilan tanishdi.

Mehmonlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, sanoat tarmoqlaridagi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, eksportbop mahsulotlar hamda investitsiyaviy salohiyat haqida maʼlumot berildi.

Milliy stendda farmatsevtika sohasining yetakchi korxonalari ham o‘z mahsulotlari va innovatsion ishlanmalarini namoyish etmoqda. Ko‘rgazma doirasida yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan uchrashuvlar davom etmoqda.