Toshkent va Sankt-Peterburg hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent va Sankt-Peterburg hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent va Sankt-Peterburg hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahar hokimligida Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahri vitse-gubernatori Kirill Polyakov boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Obidjon Muminov, Toshkent shahar hokimligining tashqi iqtisodiy va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Diyor Pulatov, “Tashkent Invest Company” AJ strategik rivojlanish bo‘yicha boshqaruv raisi o‘rinbosari Rustam Kodirov ishtirok etdi.

Sankt-Peterburg vitse-gubernatori Kirill Polyakov O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari uchrashuvlarida ilgari surilgan tashabbuslar, takliflar hamda erishilgan kelishuvlar ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilayotganini qayd etdi.

Shuningdek, Sankt-Peterburg tomoni o‘z shahrining iqtisodiy salohiyati va amaliy tajribasiga to‘xtalib, yo‘l infratuzilmasi, jamoat transporti, ishlab chiqarish, qurilish va investitsiyalar kabi yo‘nalishlarda tajriba almashish, zamonaviy yechimlar bo‘yicha muloqotni kengaytirish hamda Toshkentning yirik rivojlanish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar Sankt-Peterburg shahri tomonidan bildirilgan tashabbus va takliflar yuzasidan kengaytirilgan taqdimotlar hamda navbatdagi ishchi uchrashuvlarni tashkil etish bo‘yicha kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling