O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Toshkent metrosida “Paxtakor”dagi eskalator muddatidan oldin ishga tushiriladi

UzDaily tahririyati · 04.08.2026 · 17:45 · 36 views
Toshkent metrosida “Paxtakor”dagi eskalator muddatidan oldin ishga tushiriladi
Toshkent metrosida “Paxtakor”dagi eskalator muddatidan oldin ishga tushiriladi / Foto: Toshkent metrosi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent metropoliteni 5 avgustdan boshlab «Alisher Navoiy» va “Paxtakor” stansiyalari o‘rtasidagi o‘tish yo‘lagida joylashgan 3-sonli eskalatorni qayta foydalanishga topshiradi.

Korxona matbuot xizmati maʼlum qilishicha, taʼmirlash ishlari rejalashtirilgan muddatdan oldin yakunlangan.

Avvalroq ET-5M turidagi mazkur eskalator tortish zanjirlarini almashtirish ishlari munosabati bilan 21 iyuldan 17 avgustgacha taʼmirlash uchun yopilgan edi. Ishlar yo‘lovchilar xavfsizligi va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida amalga oshirildi.

Taʼmirlash jarayonida mutaxassislar 3-sonli eskalatorning tortish zanjirlarini to‘liq almashtirdi. Barcha zarur ishlar tugallangach, obyekt qayta ekspluatatsiyaga tayyorlandi.

Toshkent metropolitenida maʼlum qilishlaricha, 5 avgustdan eskalator yana yo‘lovchilar ixtiyoriga topshiriladi.

Korxonada yo‘lovchilarga xavfsiz va sifatli xizmat ko‘rsatishni taʼminlash maqsadida zarur ishlar izchil davom ettirilishi taʼkidlandi.