O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Moliya

TBC Bank va YETTB O‘zbekiston hududlarida tadbirkorlar uchun ta’lim dasturini yo‘lga qo‘ydi

UzDaily · 19.06.2026 · 17:45 · 28 views
TBC Bank va YETTB O‘zbekiston hududlarida tadbirkorlar uchun ta’lim dasturini yo‘lga qo‘ydi

TBC Bank va YETTB O‘zbekiston hududlarida tadbirkorlar uchun ta’lim dasturini yo‘lga qo‘ydi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — TBC Bank Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) bilan hamkorlikda bepul TBC Biznes Trening dasturini ishga tushirdi.Tashabbus kichik va o‘rta biznes vakillariga moliyaviy, boshqaruv va tadbirkorlik ko‘nikmalarini kuchaytirishga yordam beradi.

Dastlabki treninglar 12-13-iyun kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tdi. Keyingi trening Namanganda bo‘lib o‘tadi — ro‘yxatdan o‘tish allaqachon @TBCtadbirbot telegram-boti orqali mavjud.

“Biz uchun tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash faqat raqamli moliyaviy mahsulotlar yaratish bilangina cheklanmaydi. Kichik va o‘rta biznes iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib, uning barqaror rivojlanishi uchun sifatli ekspert bilimlari va tajribasidan foydalanish imkoniyati muhim. YTTB bilan hamkorlikda ushbu dasturni yo‘lga qo‘yish orqali biz biznes egalariga faoliyatini kengaytirish, samarali jamoalarni shakllantirish va o‘z biznesini ishonch bilan boshqarishga yordam beradigan amaliy vositalarni taqdim etishni maqsad qilganmiz”, — dedi Nika Kurdiani, CEO TBC Uzbekistan.

Dastur gibrid formatda tashkil etilgan bo‘lib, ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqich mustaqil ravishda onlayn o‘rganish uchun mo‘ljallangan videodarslarni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi bosqich esa dam olish kunlari o‘tkaziladigan ikki kunlik oflayn treninglardan iborat.

O‘quv dasturi biznesini rivojlantirishga intilayotgan rahbarlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, oltita yo‘nalishni qamrab oladi:

  • barqaror boshqaruv asoslari;
  • biznesni rejalashtirish va moliyaviy menejment;
  • marketing va savdo strategiyalari;
  • yetakchilik va jamoani boshqarish;
  • raqamlashtirish va texnologiyalar;
  • mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish.

“Kichik va o‘rta biznes O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining yarmidan ko‘prog‘ini shakllantiradi hamda ish o‘rinlarining uchdan ikki qismidan ortig‘ini ta’minlaydi. Muvaffaqiyatli tadbirkorlar raqobatbardosh iqtisodiyotning poydevoridir. Ushbu dastur g‘oyasi TBC Bank bilan umumiy qarashlarimiz asosida vujudga keldi: biznesning barqaror rivojlanishi uchun moliyalashtirish bilan bir qatorda bilimlardan foydalanish imkoniyati ham zarur. Loyihaning faqat Toshkent bilan cheklanmayotgani ayniqsa muhim. Hududlarga sifatli biznes ta’limini olib kirish orqali biz butun mamlakat bo‘ylab o‘sish va rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqdamiz”, — dedi YETTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Andi Aranitasi.

Loyiha YETTBning Kichik biznesga ko‘maklashish jamg‘armasi doirasida Shveysariya hukumati ko‘magida amalga oshirilmoqda.

UzDaily · 👁 28 views · 19.06.2026 · 17:45