Sirdaryoda aqlli elektronika klasteri yaratiladi
Sirdaryoda aqlli elektronika klasteri yaratiladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga ko‘ra viloyat hokimi Erkinjon Turdimov displey texnologiyalari, LCD va OLED panellari, smart texnika hamda IoT qurilmalari ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘lgan Xitoyning HKC Corporation rahbariyati bilan onlayn muzokara o‘tkazdi.
Muzokarada elektrotexnika sohasidagi yirik investitsiya loyihasi muhokama qilindi. Investor tomonidan rejalar aniq ekani bildirilib, yaqin bir hafta ichida ishchi guruh Sirdaryoga kelib, birlamchi o‘rganish ishlarini olib borishga kirishishi maʼlum qilindi.
Prezident topshirig‘i doirasida 2026–2030 yillarda Sirdaryoda kompaniya tomonidan 6 ta yirik loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu orqali 14 mingta doimiy ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.
Eng muhimi bu alohida korxona emas. Sirdaryoda yarim o‘tkazgichli displeylar, smart elektronika va maishiy texnika ishlab chiqarishni qamrab olgan to‘liq sanoat klasteri shakllanadi.