Sirdaryo Xitoy kompaniyasi bilan yangi investitsiyalarni muhokama qilmoqda

Sirdaryo Xitoy kompaniyasi bilan yangi investitsiyalarni muhokama qilmoqda

Sirdaryo Xitoy kompaniyasi bilan yangi investitsiyalarni muhokama qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Sirdaryo viloyati hokimligida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Xitoyning China Science Assistance Technology Group Co., Ltd. kompaniyasi prezidentini qabul qildi.

Uchrashuv amaliy hamkorlikka yo‘naltirilgan konstruktiv muloqot ruhida o‘tdi.

Suhbat davomida tomonlar Sirdaryo viloyatida ishlab chiqarish, innovatsiyalar va xizmatlar sohalarini qamrab olgan yangi loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qilishdi. Ayniqsa, aniq hududlar, mavjud imkoniyatlar hamda qisqa muddatda amalga oshirish mumkin bo‘lgan tashabbuslarga alohida eʼtibor qaratildi.

Erkinjon Turdimov xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, rivojlangan infratuzilma va samarali qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil maʼlumot berdi. Shuningdek, tayyor holatga kelgan loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash tamoyiliga qatʼiy amal qilinishi taʼkidlandi.

Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlikni amaliy bosqichga tezkor o‘tkazish va belgilangan loyihalarni bosqichma-bosqich ishga tushirish bo‘yicha kelishuvga erishishdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling