Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 8 oktyabr kuni O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Gruziyaning Georgia‘s Natural kompaniyasi bosh direktori Vladimir Gugushvili bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar oziq-ovqat sanoati sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Asosiy eʼtibor meva va rezavorlarni qayta ishlash, O‘zbekistonda tabiiy va organik sharbatlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ushbu yo‘nalishga investitsiyalar jalb etish masalalariga qaratildi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar oziq-ovqat sanoatidagi qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirish uchun O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi salohiyati va ichki bozor sig‘imidan foydalanish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.
Muzokaralar yakunida tomonlar istiqbolli loyihalarni batafsil ishlab chiqishni davom ettirish hamda belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.