Oʻzbekiston Xitoyning Eksimbanki bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston Xitoyning Eksimbanki bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston Xitoyning Eksimbanki bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir o‘rinbosari Ilzat Kasimov Xitoy Eksimbanki bosh menejeri Sun In hamda "Xitoy-Evrosiyo iqtisodiy hamkorlik jamg‘armasi" rahbari Chen Chjou bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Xitoy Eksimbanki 1994-yilda tashkil etilgan bo‘lib, infratuzilma loyihalariga imtiyozli kreditlar ajratishga ixtisoslashgan yirik davlat moliyaviy institutidir. 2024-yil yakuniga ko‘ra, bank aktivlari miqdori 819,8 milliard dollarni tashkil etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar moliyaviy hamkorlikning bugungi holatini muhokama qilib, qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirishga kelishib oldilar. Joriy yilning 16-iyun kuni 5-Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida bo‘lib o‘tadigan "O‘zbekiston–Xitoy va SHHT mamlakatlari" iqtisodiy forumi hamkorlikdagi muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Eksimbank vakillari ushbu forumga Xitoyning yetakchi kompaniyalarini jalb etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Muloqot yakunida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirishdan har ikki tomon ham birdek manfaatdor ekani ta’kidlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling