O‘zbekiston

Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi harbiy xizmat toʻgʻrisidagi qonun loyihasini taqdim etdi

Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi harbiy xizmat toʻgʻrisidagi qonun loyihasini taqdim etdi
Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi harbiy xizmat toʻgʻrisidagi qonun loyihasini taqdim etdi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi Qonunchilik palatasiga harbiy xizmatni o‘tash tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasini kiritdi.

Hujjat Vazirlar Mahkamasining qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirish doirasida tayyorlangan. Uning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida harbiy xizmatning nufuzi va jozibadorligini oshirish etib belgilangan.

Qonun loyihasida «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan.

Hujjatni ko‘rib chiqish uchun masʼul etib Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi belgilangan.

Qonun loyihasini keyingi ko‘rib chiqish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.