O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston va Rossiya Ichki ishlar vazirliklari hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

UzDaily tahririyati · 07.08.2026 · 20:55 · 22 views
Oʻzbekiston va Rossiya Ichki ishlar vazirliklari hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Rossiya Ichki ishlar vazirliklari hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi / Foto: Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligining Xalqaro hamkorlik departamenti.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarni rivojlantirish maqsadida Moskva shahrida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari general-mayor Botir Kudratxodjayev hamda Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari politsiya general-polkovnigi Andrey Xrapov boshchiligidagi sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etdi.

Mazkur uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, transmilliy jinoyatlarga qarshi samarali choralar ko‘rish hamda ushbu yo‘nalishlarda kadrlar malakasini oshirish borasidagi amaliy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Muloqotda vazirliklar o‘rtasida o‘zaro axborot almashinuvini yana-da kuchaytirish va zamonaviy axborot-texnologiyalaridan foydalangan holda tezkor tadbirlarni muvofiqlashtirish zarurligi qayd etildi.

Ochiq va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar ushbu tadbir idoralararo munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish va o‘zaro ishonch va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidladi.

Shundan so‘ng, delegatsiya O‘zbekiston fuqarolari ko‘p tashrif buyuradigan Rossiya Federatsiyasi IIVning Moskva va Sankt-Peterburg shaharlari bo‘yicha bosh boshqarmalariga tashrif buyurib, fuqarolarning huquq

va erkinliklarini himoya qilish hamda jinoyatchilikni oldini olish masalalari yuzasidan fikr almashib, tegishli bo‘linmalar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.