Oʻzbekiston Konstitutsiyaviy sud orqali huquqlarni himoya qilishni kengaytirmoqchi
Oʻzbekiston Konstitutsiyaviy sud orqali huquqlarni himoya qilishni kengaytirmoqchi / Surat: Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda “Fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlarini Konstitutsiyaviy sud tomonidan himoya qilinishining takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, sudlar tashabbusi bilan Oliy sud tomonidan muayyan ishda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi masalasi yuzasidan Konstitutsiyaviy sudga murojaat kiritilganda tegishli ish yurituvini to‘xtatish belgilanmoqda.
Shuningdek, Konstitutsiyaviy sud muayyan ishda qo‘llanilgan qonunni Konstitutsiyaga muvofiq emas deb topgan taqdirda sud hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishning mustaqil protsessual asosini belgilash nazarda tutilmoqda. Konstitutsiyaviy sud qarorlari asosida sud ishlarini qayta ko‘rish va ish yuritishni qaytadan boshlash tartibi aniq belgilanmoqda.
Muhokamalar davomida deputatlarning ta’kidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi sud amaliyotida huquqiy aniqlikni ta’minlaydi, buzilgan konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarni tiklash imkoniyatlarini kengaytiradi, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etadi
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.