O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Qatar strategik sheriklikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

UzDaily tahririyati · 20.07.2026 · 16:25 · 66 views
Oʻzbekiston va Qatar strategik sheriklikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Qatar strategik sheriklikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Iroq Respublikasi Kurdiston mintaqasining ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida agrar sohada ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli sheriklikni yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuvda tomonlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosini kengaytirish, eksport-import aloqalarini rivojlantirish hamda ishbilarmonlik munosabatlarini mustahkamlash istiqbollari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mavjud salohiyatdan samarali foydalanish, o‘zaro savdo hajmini oshirish va yangi hamkorlik yo‘nalishlarini shakllantirish yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralar davomida meva-sabzavotchilik, kartoshkachilik, chorvachilik, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xususiy sektor o‘rtasidagi kooperatsiyani kengaytirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Tomonlar logistika zanjirlarini takomillashtirish hamda zamonaviy savdo infratuzilmasini rivojlantirish masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar. Qayd etilganidek, mazkur yo‘nalishlarda samarali hamkorlik ikki tomon o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov O‘zbekiston agrar sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini ta’kidlab, bildirilgan tashabbuslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli sheriklikni izchil rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amaliy bosqichga olib chiqish hamda agrar tarmoqning turli yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada faollashtirish bo‘yicha kelgusidagi sa’y-harakatlarni davom ettirishga kelishib oldilar.