O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekistonda aviatsiya xodimlarini tayyorlash bo‘yicha sertifikatlangan o‘quv markazlari soni ortmoqda

UzDaily tahririyati · 10.07.2026 · 21:50 · 31 views
O‘zbekistonda aviatsiya xodimlarini tayyorlash bo‘yicha sertifikatlangan o‘quv markazlari soni ortmoqda

O‘zbekistonda aviatsiya xodimlarini tayyorlash bo‘yicha sertifikatlangan o‘quv markazlari soni ortmoqda

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan “Airports Training Center” MChJ o‘quv tashkilotiga sertifikat berildi. Mazkur sertifikat o‘quv markazining fuqaro aviatsiyasi sohasida yerusti aviatsiya xodimlarini tayyorlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya qonunchiligi talablariga to‘liq muvofiqligini tasdiqlaydi.

Sertifikatlash natijalariga ko‘ra, o‘quv markazi tasdiqlangan o‘quv dasturlari asosida aviatsiya xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ldi.

Berilgan sertifikat o‘quv tashkilotining ta’lim jarayonini tashkil etish, moddiy-texnik ta’minot, o‘quv-uslubiy baza hamda professor-o‘qituvchilar tarkibining malakasi bo‘yicha belgilangan talablarga javob berishini tasdiqlaydi.

Bu esa zamonaviy fuqaro aviatsiyasi talablariga javob beradigan, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun mustahkam asos yaratadi.

Sertifikatlangan o‘quv tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish mamlakatimizda aviatsiya mutaxassislarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishning muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Zamonaviy o‘quv markazlarining faoliyati ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda parvozlar xavfsizligi madaniyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

“O‘zaviatsiya” agentligi fuqaro aviatsiyasi sohasining kadrlar salohiyatini rivojlantirish, xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribaga mos samarali kasbiy tayyorgarlik tizimini shakllantirish bo‘yicha izchil ishlarni davom ettirmoqda.

Yuqori malakali aviatsiya mutaxassislarini tayyorlash esa O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining xavfsiz, barqaror va izchil rivojlanishini ta’minlovchi eng muhim omillardan biri bo‘lib qolmoqda.