O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Iqtisod

O‘zbekistonda yetti oyda $32,9 mlrd investitsiya o‘zlashtirildi

Dilafro'z Niyazova · 25.08.2026 · 17:35 · 9 views
O‘zbekistonda yetti oyda $32,9 mlrd investitsiya o‘zlashtirildi
O‘zbekistonda yetti oyda $32,9 mlrd investitsiya o‘zlashtirildi / Foto: Surat sun'iy intellekti tomonidan yaratilgan.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda 2026 yil yanvar–iyul oylari yakunlariga ko‘ra, o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi $32,9 mlrdni tashkil etdi. Bu belgilangan parametrlarga nisbatan 31,1% ko‘p. Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.

Umumiy hajmning $30,3 mlrd qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga to‘g‘ri kelgan. Mamlakat hududlarida yetti oy davomida $24,3 mlrd investitsiya o‘zlashtirildi. Bu belgilangan ko‘rsatkichdan 61,8% ko‘p.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi masʼul vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonini kuzatib borish va ularni belgilangan muddatlarda bajarilishini nazorat qilishni davom ettirmoqda.

Ijobiy dinamikani saqlab qolish maqsadida loyiha tashabbuskorlari va xorijiy investorlar bilan manzilli ishlar olib borilmoqda. Masʼul organlar, shuningdek, loyihalarning amalga oshirilishini doimiy monitoring qilib, yuzaga kelayotgan masalalarni tezkor hal etish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirishni jadallashtirish choralarini ko‘rmoqda.

Vazirlik maʼlum qilishicha, ushbu ishlar investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish hamda mamlakat hududlarida xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirishni yana-da kengaytirishga qaratilgan.