O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Iqtisod

Toshkentda O‘zbekiston va Koreya ilmiy loyihalari yakunlandi

Dilafro'z Niyazova · 24.08.2026 · 22:27 · 40 views
Toshkentda O‘zbekiston va Koreya ilmiy loyihalari yakunlandi
Toshkentda O‘zbekiston va Koreya ilmiy loyihalari yakunlandi / Foto: "O'zkimyosanoat" AJ.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentda O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalariga bag‘ishlangan Final Review Workshop yakuniy seminari bo‘lib o‘tdi. Loyihalar Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ko‘magida Koreya kimyoviy texnologiyalar ilmiy-tadqiqot instituti (KRICT) bilan hamkorlikda amalga oshirilgan. Bu haqda “O‘zkimyosanoat” AJ xabar berdi.

Tadbirda KRICT rahbariyati va ilmiy xodimlari, koreyalik ekspertlar, qo‘shma tadqiqotlarda ishtirok etgan O‘zbekiston tomoni vakillari, shuningdek, “O‘zkimyosanoat” AJ mutaxassislari qatnashdi.

Seminarning asosiy vazifasi qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini sarhisob qilish, erishilgan natijalarni baholash hamda O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi ilmiy-texnologik hamkorlikning keyingi istiqbollarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida R&D sohasidagi ikkita qo‘shma loyiha natijalari taqdim etildi. Prezentatsiyalar doirasida tomonlar o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini ko‘rib chiqdi, tajriba almashdi va ishlab chiqilgan texnologiyalarni amaliyotga joriy etish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Seminar yakunida umumiy muhokama o‘tkazilib, ishtirokchilar taqdim etilgan ishlar natijalarini sarhisob qildi va hamkorlikni yana-da rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.