O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekistonda MCHJlar soni 351,6 mingtaga yetdi

Dilafro'z Niyazova · 14.08.2026 · 19:30 · 39 views
O‘zbekistonda MCHJlar soni 351,6 mingtaga yetdi
O‘zbekistonda MCHJlar soni 351,6 mingtaga yetdi / Foto: O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 440,1 mingta tijorat tashkiloti faoliyat yuritgan. Ularning 351,6 mingtasi masʼuliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) hisobiga to‘g‘ri kelgan. MCHJlarning tijorat tashkilotlari umumiy sonidagi ulushi 79,9 foizni tashkil etgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi maʼlum qildi.

Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, mamlakatdagi MCHJlar soni 351 586 taga yetgan. Tijorat tashkilotlari soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni xususiy korxonalar egallagan — ular 47 107 tani yoki jami tijorat tashkilotlarining 10,7 foizini tashkil etgan.

Oilaviy korxonalar soni 37 192 tani tashkil qilib, ularning umumiy miqdordagi ulushi 8,5 foizga teng bo‘lgan.

Aksiyadorlik jamiyatlari ulushiga 644 ta tashkilot yoki 0,1 foiz to‘g‘ri kelgan. Yana 3 611 ta tijorat tashkiloti, yaʼni 0,8 foizi boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga mansub bo‘lgan.

Shunday qilib, MCHJlar O‘zbekistondagi tijorat tashkilotlari orasida eng keng tarqalgan tashkiliy-huquqiy shakl bo‘lib qolmoqda.