O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Lifestyle

Oʻzbekiston va Filippin turizm sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Dilafro'z Niyazova · 14.08.2026 · 20:10 · 24 views
Oʻzbekiston va Filippin turizm sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Filippin turizm sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi / Foto: Oʻzbekiston Turizm qoʻmitas.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari S. Bobokalonov Filippinning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Roberto G. Manalo bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda, shuningdek, Filippinning O‘zbekistondagi faxriy konsuli Bexbat Sodnom ham ishtirok etdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston va Filippin o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki mamlakat o‘rtasida sayyohlik almashinuvini kengaytirish hamda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, ziyorat, gastronomik, ekologik va boshqa turizm yo‘nalishlaridagi salohiyati, shuningdek, mamlakatda xorijiy sayyohlar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, ikki davlat turizm sohasi vakillari ishtirokida biznes uchrashuvlar, taqdimotlar, infoturlar va boshqa targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish orqali amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.