Oʻzbekiston va Ozarbayjon sanoat hamkorligini kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Ozarbayjon sanoat hamkorligini kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Ozarbayjon sanoat hamkorligini kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 22-24-aprel kunlari Ozarbayjonda tashrif bilan bo‘ldi.

Iqtisodiyot vazirligi hamda yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan o‘tkazilgan muloqotlarda qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish, o‘zaro tashabbuslarni hayotga tatbiq etish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hamda xalqaro urbanistika forumida ishtirok etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar tog‘-kon sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, transport va logistika, shaharsozlik, agrosanoat majmuasi va farmatsevtika kabi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar.

Bunda Boku shahrida “O‘zbekiston” hamda Toshkentda “Ozarbayjon” bog‘larini barpo etish, shuningdek, dorixonalar tarmog‘ini kengaytirish va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash loyihalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlash joizki, 2025-yilda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 307,3 million dollarni tashkil etib, o‘tgan davrga nisbatan 14,6 foizga o‘sishga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling