O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Namanganda xalqaro payvandlash maktabi ochiladi

UzDaily tahririyati · 05.08.2026 · 11:15 · 22 views
Namanganda xalqaro payvandlash maktabi ochiladi
Namanganda xalqaro payvandlash maktabi ochiladi / Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Migratsiya agentligi hamda Slovakiyaning nufuzli Welding Research Institute (VÚZ) instituti o‘rtasida amaliy hamkorlik kelishuvi imzolandi.

VÚZ — 75 yillik tajribaga ega, payvandlash sohasida Yevropa va xalqaro darajada tan olingan Slovakiyaning yetakchi ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lib, IIW va EWF tizimlari bo‘yicha xalqaro sertifikatlash vakolatiga ega.

Kelishuvga ko‘ra, endilikda Namanganda ham zamonaviy xalqaro payvandlash maktabi ochiladi.

Unda:
Slovakiya va Yevropa mamlakatlaridan malakali mutaxassislarni jalb qilgan xolda xalqaro standartlar asosida payvandlash yo‘nalishlari o‘qitiladi;

bitiruvchilar IIW/EWF xalqaro sertifikatini oladi va rivojlangan mamlakatlarda yuqori daromadli ish o‘rinlari bilan taʼminlanadi.