O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Belarus energetika sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

UzDaily · 13.05.2026 · 18:50 · 510 views
Oʻzbekiston va Belarus energetika sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Belarus energetika sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston energetika haftaligi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov Belarus Respublikasi energetika vaziri Denis Moroz boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida energetika sohasidagi hamkorlik, xususan elektrlashtirish rejalari hamda elektrotexnika sanoatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik boʻyicha tajriba va fikr almashildi.

Tomonlar energetika sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va oʻzaro manfaatli loyihalarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini taʼkidladi.