O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Senatda AQSH Davlat departamenti vakili bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

UzDaily tahririyati · 07.08.2026 · 20:11 · 25 views
Senatda AQSH Davlat departamenti vakili bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Senatda AQSH Davlat departamenti vakili bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi / Foto: Oliy Majlis Senati Matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari boʻyicha yordamchisi Samir Pol Kapur bilan uchrashdi.

Muloqot chogʻida Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat chogʻida soʻnggi yillarda ikki mamlakat oʻrtasidagi sheriklik sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilgani qayd etildi. Oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligi taʼkidlandi.

Samir Pоl Kapur Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli iqtisodiy islohotlarni, shuningdek, Markaziy Osiyoda yaxshi qoʻshnichilik, oʻzaro ishonch va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan siyosatni yuqori baholadi.

Uchrashuv davomida AQSH delegatsiyasiga Oʻzbekiston Oliy Majlisining faoliyati, parlamentning davlat va jamiyat hayotidagi oʻrni, shuningdek, amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlash borasidagi ishlar haqida umumiy maʼlumot berildi.