O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

NAQD-EX O‘zbekistonda kripto-do‘kon litsenziyasini oldi

UzDaily tahririyati · 07.08.2026 · 18:05 · 25 views
NAQD-EX O‘zbekistonda kripto-do‘kon litsenziyasini oldi
NAQD-EX O‘zbekistonda kripto-do‘kon litsenziyasini oldi / Foto: ILMA.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) “NAQD-EX” MCHJga O‘zbekistonda kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berdi.

Qaror kriptoaktivlar aylanmasi sohasida xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi maʼlum qildi.

Litsenziya kriptoaktivlar aylanmasi sohasida xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi, Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 15 avgustda 3380-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan nizom asosida berildi.

ILMA maʼlum qilishicha, berilgan litsenziya to‘g‘risidagi maʼlumotlar belgilangan tartibda litsenziyalarning elektron reyestriga kiritildi.