Iqtisod

Toshkent tumani Xitoy tekstil kompaniyasi bilan memorandum imzoladi

Toshkent tumani Xitoy tekstil kompaniyasi bilan memorandum imzoladi
Toshkent tumani Xitoy tekstil kompaniyasi bilan memorandum imzoladi / Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev Xitoyning Lyanyungan shahriga tashrifi doirasida tumanga yangi investitsiyalarni jalb qilish va zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish masalalari bo‘yicha qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Muzokaralar davomida tomonlar Lyanyunganning iqtisodiy va sanoat salohiyati, shahardagi ilg‘or ishlab chiqarish tajribasi hamda zamonaviy texnologiyalarni Toshkent tumaniga joriy etish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha Xitoyning Yingyou Xinlichen Textile Technology kompaniyasi bilan to‘qimachilik yo‘nalishida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi va tomonlar o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjat zamonaviy to‘qimachilik texnologiyalarini joriy etish, ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish va tajriba almashishni nazarda tutadi.

Tashrif davomida Toshkent tumanining investitsiyaviy imkoniyatlari, mavjud sanoat infratuzilmasi hamda xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar ham taqdim etildi.

Erishilgan kelishuvlar tumanda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish va to‘qimachilik sanoatida zamonaviy texnologiyalar ulushini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.