O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Afg‘onistonda “Do‘stlik bog‘lari”ni barpo etish ishlari jadallashmoqda

UzDaily tahririyati · 29.07.2026 · 12:00 · 23 views
Afg‘onistonda “Do‘stlik bog‘lari”ni barpo etish ishlari jadallashmoqda
Afg‘onistonda “Do‘stlik bog‘lari”ni barpo etish ishlari jadallashmoqda

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi Hukumat delegatsiyasining Afg‘onistonga tashrifi doirasida O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi sohasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan loyihalar izchil davom ettirilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligining “Agrasanoat innovatorlari” MCHJ tomonidan Afg‘oniston hududlarida “Do‘stlik bog‘lari”ni barpo etish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Mazkur loyiha ikki mamlakat o‘rtasidagi agrar hamkorlikni yanada rivojlantirish, zamonaviy bog‘dorchilik tajribalarini joriy etish hamda qishloq xo‘jaligida samarali hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Shu munosabat bilan 2026-yil 28-iyul kuni Afg‘onistonning Faryob viloyati Xonchorvoq tumanida 60 gektar maydonda tashkil etilayotgan “Do‘stlik bog‘i” uchun rasmiy pasport va manzil belgilandi. Shuningdek, loyihaning tamal toshi qo‘yilib, amaliy ishlarning faol bosqichiga start berildi.

Ta’kidlash joizki, “Do‘stlik bog‘lari” loyihasi qishloq xo‘jaligi sohasida ilg‘or tajriba almashish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladigan muhim tashabbuslardan biri hisoblanadi.