Oʻzbekiston va Bayer farmatsevtika sohasiga investitsiyalarni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Bayer farmatsevtika sohasiga investitsiyalarni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Bayer farmatsevtika sohasiga investitsiyalarni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 14 aprel kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov hamda “Bayer” kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad farmatsevtika sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, investitsiya imkoniyatlarini ko‘rib chiqish hamda ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida Agentlik direktori tomonidan farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Xususan, farmatsevtika klasterlarini tashkil etish va rivojlantirish, ishlab chiqarish infratuzilmasini modernizatsiya qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, eksport salohiyatini oshirish hamda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, klaster tizimi doirasida ilmiy-tadqiqot muassasalari, ishlab chiqaruvchi korxonalar va taʼlim muassasalari o‘rtasidagi integratsiya, innovatsion loyihalarni amalga oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ham maʼlumot berildi. Muzokaralar jarayonida intellektual mulk huquqlarini himoya qilish masalalari ham atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida “Bayer” kompaniyasi vakillari mamlakatimizda farmatsevtika sohasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar, yaratilgan qulay investitsiya muhiti hamda klaster yondashuviga asoslangan rivojlanish modelini yuqori baholab, hamkorlikni yana-da rivojlantirishga qiziqish bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling