O‘zbekiston

Oʻzbekiston Prezidenti Rossiya Federatsiyasiga keldi

Oʻzbekiston Prezidenti Rossiya Federatsiyasiga keldi
Oʻzbekiston Prezidenti Rossiya Federatsiyasiga keldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga keldi.

“Pulkovo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining birinchi oʻrinbosari Denis Manturov, shahar gubernatori Aleksandr Beglov hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.

Tashrif doirasida bugun Oʻzbekiston yetakchisi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv oʻtkazadi hamda mamlakatimizda birinchi integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi reaktorining qurilishini boshlash marosimida ishtirok etadi.

5-iyun kuni davlatimiz rahbari 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining asosiy tadbirlarida ishtirok etishi koʻzda tutilgan.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.