Oʻzbekiston Germaniyaning Maurer kompaniyasi bilan loyihalarni muhokama qildi

Oʻzbekiston Germaniyaning Maurer kompaniyasi bilan loyihalarni muhokama qildi

Oʻzbekiston Germaniyaning Maurer kompaniyasi bilan loyihalarni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Transport vaziri Ilhom Maxkamov Germaniyaning MAURER kompaniyasi bosh direktori Holger Redeker boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar transport infratuzilmasini rivojlantirish, jumladan, mintaqaning seysmologik xususiyatlarini inobatga olgan holda zamonaviy muhandislik yechimlarini joriy etish hamda ko‘prik inshootlarini qurish bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini muhokama etishdi.

Kompaniya aeroportlar, avtomobil va temiryo‘l ko‘priklarini qurish borasidagi xalqaro tajribasini taqdim etdi hamda O‘zbekistondagi loyihalarni amalga oshirishda zamonaviy xalqaro standartlar va muhandislik yechimlarini tatbiq etishga tayyorligini bildirdi.

Tomonlar qo‘shma muhandislik yechimlari va me’yoriy bazani ishlab chiqish uchun qo‘shma klaster tashkil etish hamda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutiga nemis muhandislarini jalb qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling