Oʻzbekiston Beijing Rongbaocheng Group bilan loyihalarni muhokama qildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov Beijing Rongbaocheng Technology Group boshqaruvi raisi Sin Szyunmin bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Beijing Rongbaocheng Technology Group oziq-ovqat sanoati, energetika, tog‘-kon sanoati, tibbiy texnologiyalar, elektronika, logistika, investitsiyalar va xalqaro savdo yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi 11 ta sho‘ba kompaniyani birlashtiradi.
Kompaniya vakillariga O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyati, xorijiy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi.
Tomonlar oziq-ovqat sanoati, energetika va tog‘-kon sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida istiqbolli tashabbuslarni amaliy jihatdan birgalikda ishlab chiqishni davom ettirish hamda hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini belgilashdan tomonlar o‘zaro manfaatdor ekanini tasdiqladilar.