Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
"O'zto'qimachiliksanoat" Xitoyda raqamlashtirishni o'rgandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "O'zto'qimachiliksanoat" assotsiatsiyasi delegatsiyasi Xitoyning Huansi Intelligent Technology Co., Ltd. kompaniyasi bilan muzokaralar davomida Xitoyning yetakchi to'qimachilik korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish darajasini o'rganib chiqdi.
Tashrif davomida mazkur texnologiyalarni O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalariga joriy etish imkoniyatlari va istiqbollari atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish hamda mahsulot sifatini yaxshilashga xizmat qiluvchi zamonaviy yechimlar yuzasidan tajriba almashildi.