O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekiston 2026 yil iyun oyida oltin eksport qilmadi

UzDaily tahririyati · 29.07.2026 · 11:00 · 26 views
O‘zbekiston 2026 yil iyun oyida oltin eksport qilmadi
O‘zbekiston 2026 yil iyun oyida oltin eksport qilmadi / Foto: Pixabay/hamiltonleen.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston 2026 yil iyun oyida oltin eksport qilmadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlari dalolat bermoqda.

Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, 2026 yil yanvar–iyun oylarida oltin eksporti hajmi 1,504 mlrd dollarni tashkil etgan. Xuddi shu ko‘rsatkich yanvar–may oylari yakuni bo‘yicha ham qayd etilgan. Bu iyun oyida oltin eksporti amalga oshirilmaganini ko‘rsatadi.

Taqqoslash uchun, 2025 yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston 6,492 mlrd dollarlik oltin eksport qilgan. Shu tariqa, joriy yilda oltin eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 76,8 foizga qisqargan.

Oltinning mamlakat umumiy eksportidagi ulushi ham 2025 yil yanvar–iyun oylaridagi 37,3 foizdan 2026 yilning shu davrida 9,5 foizga kamaygan.

Shu bilan birga, O‘zbekistonning 2026 yil yanvar–iyun oylarida tashqi savdo aylanmasi 41 mlrd dollarni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,8 mlrd dollarga yoki 7,4 foizga ko‘pdir.