"O'zbekneftegaz" 30 ta quduqni burg'ilash bo'yicha shartnoma imzoladi

"O'zbekneftegaz" 30 ta quduqni burg'ilash bo'yicha shartnoma imzoladi

"O'zbekneftegaz" 30 ta quduqni burg'ilash bo'yicha shartnoma imzoladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Oʻzbekneftgaz” AJ hamda Xitoyning koʻp yillik tajriba va yuqori malakali muhandislarga ega boʻlgan “CNPC XIBU Drilling Engineering Company Limited” kompaniyasi oʻrtasida 2026–2028-yillarda Ustyurt hududida 30 ta izlov-qidiruv quduqlarini burgʻilash boʻyicha shartnoma imzolandi.

Mazkur kelishuv davlatimiz rahbari tomonidan qazib chiqarish samaradorligini oshirish, jarayonlarga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, bu borada xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda texnologik yechimlarni oʻrganish va ularni bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish, shuningdek, geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, yangi istiqbolli maydonlarni aniqlash va ularni oʻzlashtirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash doirasida amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida Ustyurt hududida yangi aniqlangan istiqbolli maydonlardagi anomal yuqori bosim va haroratga ega boʻlgan qatlamlarda uglevodorod zaxiralarini aniqlash maqsadida chuqurligi 5500–6000 metr boʻlgan quduqlar burgʻilanishi rejalashtirilgan.

Ushbu hamkorlik geologiya-qidiruv ishlarini yangi bosqichga olib chiqish, resurs bazasini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling