O‘zbekistonlik hakamlar Osiyo Chempionlar ligasi saralash o‘yinlarini boshqaradi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Asker Nadjafaliyev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi 2026/27 yilgi mavsumda elita jamoalari o‘rtasidagi Osiyo Chempionlar ligasi saralash bosqichi doirasida «Adelaida Yunayted» va «Kong An Xanoy» o‘rtasidagi uchrashuvni boshqaradi. O‘yin 11 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Uchrashuvning bosh hakami etib Asker Nadjafaliyev tayinlangan. Unga Baxtiyorxo‘ja Shavkatov va Ruslan Serazitdinov yordamchi hakam sifatida ko‘maklashadi. Abdurashid Xudoyberganov zaxira hakami vazifasini bajaradi.
O‘zbekistonning yana bir vakili Valentin Kovalenko saralash bosqichining “Ganvon” va «Gamba Osaka» jamoalari o‘rtasidagi boshqa uchrashuvida hakamlar inspektori etib tayinlandi.