Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda metropoliten liniyalarining uzunligi ikki yo‘lli hisobda 71,2 kilometrga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
2000 yilda metro liniyalarining uzunligi 29,5 kilometrni tashkil etgan. 25 yil davomida mazkur ko‘rsatkich 41,7 kilometrga yoki 2,4 barobarga oshgan.
2001 yilda metro liniyalarining uzunligi 36,1 kilometrga yetgan va 2020 yilga qadar shu darajada saqlangan.
2021 yilda ko‘rsatkich 59,1 kilometrga oshgan. 2022 yilda u o‘zgarmagan, 2023 yilda esa 68,2 kilometrga yetgan.
2024 yilda metropoliten liniyalarining uzunligi 71,2 kilometrni tashkil etgan va 2025 yilda ham shu darajada saqlangan.
Shunday qilib, ko‘rib chiqilayotgan davrda ko‘rsatkichning asosiy o‘sishi 2021–2024 yillarga to‘g‘ri kelgan.